English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim tizimi: islohot, amaliyot va samara
18:17 / 2023-08-17

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog xodimlar uchun “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi. Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov so‘zga chiqib, barcha tizim mutaxassislarini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami va bilimlar kuni bilan tabrikladi.

O‘tgan o‘quv yilida viloyat o‘qituvchilari va o‘quvchilari erishgan salmoqli natijalar tahlil qilindi. Tadbirda sohada samarali mehnat qilgan ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar taqdirlandi. Ma’lumki, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da mamlakatimiz yoshlarini ta’lim-tarbiyasiga, ularning zamonaviy fan va texnologiyalardan chuqur bilim olishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda.  

[gallery-13150]

Avvalo, ta’lim va maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib, viloyatdagi 3-7 yoshli bolalar qamrovini 2022 yildagi 69 foizdan 85 foizga yetkazish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, maktab ta’limi tizimida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 1 fevralidan Nurafshon shahar, Quyi Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida uchtadan maktablarda tajriba sinov tariqasida o‘quvchilarga ikkita xorijiy til va bitta kasbni o‘rgatish ishlari amalga oshirildi.  

– Viloyatdagi 451 maktabda 2023 yil 1 sentyabridan bittadan kasb va ikkitadan xorijiy tillarni o‘qitish tizimi joriy etiladi, – deydi Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Diyorbek Haydarov. – Yana shunisi ham muhimki, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi 200 ming nafardan ziyod boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini davlat byudjetidan bepul sog‘lom ovqatlantirish rejaga kiritilgan. Forum o‘z ishini sho‘’balarga bo‘lingan holda davom ettirdi. Unda boshlang‘ich ta’lim, matematika, fizika, kimyo, informatika, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda pedagoglarning malakasi oshirildi. O‘z navbatida barcha tuman-shaharlar kesimida mazkur forum bo‘yicha umumta’lim maktablari kesimida pedagogik kengashlar o‘tkaziladi.  

A.Musayev, D.Ernazarov (surat), O‘zA.