Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim-tarbiya, ilm-fan insoniyat tamaddunining tamal toshi
16:27 / 2021-10-23

Xalqaro media-xollda «Sifatli ta’lim – inson kapitaliga sarmoya» mavzusida munozara bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov so‘nggi yillarda ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilgan islohotlarga to‘xtalib, olimlar uchun grant mablag‘lari hajmining bir necha baravarga oshgani, ilmiy-tadqiqot muassasalarining laboratoriya uskunalari bilan jihozlanishiga katta e’tibor berilayotgani, oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun kvota o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirilganini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan yillar mobaynida oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning 231 nafar yosh olimlari 21 ta xorijiy davlatga ilmiy stajirovkalarga yuborilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida esa 37 nafar yosh olim 6 ta xorijiy davlatda ilmiy amaliyotini o‘tab keldi.

- Ta’lim-tarbiya, ilm-fan — insoniyat tamaddunining tamal toshi, mamlakatni tenglar ichra teng qiladigan, millatni buyuk qiladigan kuch, - dedi innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov. - Bugun mamlakatimiz ta’lim sohasida ham tub burilishlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy usullarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun 2022 yilda jami 4 ming 100 ta, ya’ni 2021 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p kvota ajratildi.

 

 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA