Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik
18:18 / 2025-12-13

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonning Astana shahrida L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro seminar va treninglarda ishtirok etdi.

Tadbir Britaniya Kengashining “Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA Phase II)” dasturi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida o‘qituvchilar uchun maxsus treninglar o‘tkazildi.

– Mashg‘ulotlarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, kommunikativ metodlar va interfaol texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashildi, – deydi Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Rohatoy Abidova. – Biz ham Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘qituvchilari va talabalariga ma’ruzalar o‘qib, amaliy treninglar o‘tkazdik.

Seminarlarda PRESETT – ingliz tili o‘qituvchilarini dastlabki tayyorlash tizimi metodikasini amaliyotga tadbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida Urganch davlat universiteti, Bishkek davlat universiteti va Qozog‘istonning Yevroosiyo milliy universiteti bilan kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA