Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sohasida Germaniya – O‘zbekiston hamkorligi kengaymoqda
16:00 / 2025-11-20

Bugungi globallashuv jarayonida oliy ta’lim tizimi oldida turgan vazifalar tobora murakkablashib bormoqda. Zamonaviy ilm-fan, innovatsiyalar va integratsiyalashgan o‘quv dasturlari ustuvorlik kasb etayotgan bir davrda xalqaro universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Aynan shu jihatdan, O‘zbekiston va Germaniya rektorlari forumining tashkil etilishi ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashuvining yangi sahifasini ochdi.

Forumda ikki davlatning nufuzli universitet rahbarlari, ilmiy doira vakillari hamda ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etib, strategik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.  

A’zam Qodirxo‘jayev boshchiligidagi Geologiya fanlari universiteti delegatsiyasi uchun mazkur forum alohida ahamiyat kasb etdi. Geologiya, yer osti boyliklari, foydali qazilmalar, ekologiya va atrof-muhitni baholash kabi yo‘nalishlar Texnika universiteti Frayberg konchilik akademiyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlikda eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rilmoqda.  

Berlin shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Germaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning yangi tarixiy bosqichi bo‘ldi. Bu tashabbus nafaqat akademik almashinuvni kuchaytiradi, balki innovatsion texnologiyalar va barqaror rivojlanish sohalarida yirik qo‘shma loyihalar uchun zamin yaratadi.

Dildora DO‘SMATOVA,

O‘zA