English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlar
15:20 / 2025-09-16

– The Accreditation and Rating International Agency xalqaro akkreditatsiya tashkiloti vakillari Andijon davlat chet tillar institutida bo‘ldi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlarining ta’lim dasturlarini xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish, o‘qitishga xalqaro tartiblarni joriy etish, xalqaro reytingini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida mazkur yo‘nalishdagi ishlar samarali natijalar bermoqda. Jumladan, Andijon davlat chet tillar institutining qator ta’lim yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlari xalqaro tashkilot akkreditatsiyasidan o‘tganligi ham ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi. 

– Institutimizning filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi 7 ta, xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi 7 ta, jami 14 ta o‘quv dasturi  xalqaro The Accreditation and Rating International Agency (ARIA) tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu albatta, institutimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘qitishga xalqaro andozalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Ushbu muvaffaqiyat, ya’ni o‘quv dasturlarining xalqaro miqyosda tan olinishi, ta’lim sifatining yuqori bosqichga ko‘tarilganligi e’tirofi nafaqat institut reytingini oshiradi, balki xalqaro standart va talablarga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham yanada kengaytiradi, – deydi Andijon davlat chet tillar instituti rektori, professor Dilshodbek Rustamov. 

[gallery-25328]

Institutga tashrif buyurgan ARIA – The Accreditation and Rating International Agency xalqaro akkreditatsiya tashkiloti vakillari jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi sertifikatlarni institut rektoriga tantanali ravishda topshirdi.

F.Ubaydullayev,

 Z.Umrzoqov (surat), O‘zA