Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatini oshirish yo‘lida
13:09 / 2023-03-25

Sirdaryo viloyatidagi Prezident maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda matematika va ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi. Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 ming 422 nafar o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.  

Treninglarning uchinchi bosqichida mahalliy trenerlar tomonidan tuman (shahar) umumta’lim maktablarining pedagoglarini qamrab olgan holda bir martalik joriy yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta’lim maktablarida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.  

[gallery-11135]

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasi bilan bo‘lishish, zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish, ta’lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish, o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iboratdir.  

— Treningda Prezident maktabining ilg‘or tajribalari bilan tanishib, ingliz tilini o‘qitishda yangi metodikalardan xabardor bo‘ldik, – deydi Mirzaobod tumanidagi 10-umumta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi A.G‘aniyev. – Bunday tadbirlar o‘z-o‘zidan ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.  

Ushbu trening "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yilida mamlakatimizdagi ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘qitishda yangi metodikalarni joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Sh.Suyarov,  

Sh.Ortiqboyev, O‘zA