English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatini oshirish yetuk mutaxassislar tayyorlash demak
16:34 / 2023-04-10

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida «Ta’lim sifatini oshirish yetuk mutaxassislar tayyorlash demakdir» mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, sohani tubdan isloh qilish bo‘yicha yangi tizim shakllangani, jahon ta’lim standartlariga faol integratsiyalashuvni ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarini innovatsion rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Oliy ta’limda yoshlarga sifatli ta’lim berish va ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish masalalari, mavjud muammolar va ularning zamonaviy yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi, uning ijobiy natijalari hamda ta’lim sifatini oshirish uchun hamkorlikdagi istiqbolli rejalar haqida so‘z yuritildi.    

– Mamlakatimizda ta’lim jarayonini sifat jihatdan mukammallashtirish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda, –dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi katta o‘qituvchisi, mayor Farhodjon Xo‘jayev.– O‘quv jarayonlari bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazilib, elektron ta’lim xizmatlari taqdim etildi – “Hemis” axborot tizimi joriy qilindi. Mazkur axborot tizimi ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida axborot ko‘prigi vazifasini o‘tab, boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining shaffoflik indekslari shakllantirilmoqda.  

Anjuman yakunida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA