Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona yo‘lidir”
13:58 / 2022-12-22

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasini tinglar ekanman, jamiyatimizning barcha bo‘g‘iniga bo‘lgan e’tibor negizida eng avvalo Inson qadri va farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasi tushunchasining mazmun-mohiyatini anglab, bundan juda faxrlandim.

Bu borada Prezidentimizning “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan fikrlari shu zaminda yashayotgan men kabi har bir fuqaroning ko‘ngiliga mamnunlik hissini soldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Murojaatnoma avvalida mamlakatimzda tug‘ilish, farzandlar taqdiri va yoshlarning kasb-hunar egallashiga qaratilayotgan e’tibor haqida fikrlar bildirildi. Fikrlarning uzviy davomi sifatida yangi 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” nomi berilishi taklif etildi. Shubhasiz, bu taklif mening oldimga yangi maqsadlar, yangi g‘oyalar  va  ishtiyoq berdi.  

Maktabgacha ta’limda bolalar qamrovini yanada oshirish, ularga yaratilgan imkoniyatlarni son va sifat jihatidan kengaytirish, bog‘cha ta’limidan boshlab jahon andozalarini qo‘llay olish, boshlang‘ich ta’limda bolalarni bepul ovqatlantirish tizimini tashkil etish…, e-hey, bularning barchasi yurt otasining yoshlarga g‘amxo‘rlik va farzandlar ertasiga bo‘lgan kuyunchaklikni yaqqol ifodasi emasmi?!.  

Ta’kidlanganidek, “Taraqqiyotga – faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi”. Demakki,  yanada jonlanmog‘imiz, bolalarimizning o‘qib-o‘rganishi, tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishimiz lozimligini yanada chuqurroq his etdim.  

Prezidentimizning  pedagog xodimlar oldidagi vazifalar va ularni qiynayotgan masalalarga yechim borasida bildirgan murojaati nafaqat bugungi kun rahbari, balki  o‘qituvchilar oilasining farzandi sifatida qalbimda ehtiromni yanada otashlantirdi. “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki barcha maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Zotan, bizning porloq qismat yo‘limizda ana shu najotga daxldorlik bitilgandir.  

“Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona yo‘lidir”. Shunday ekan, Davlatimiz rahbarining da’vatidan, mehridan, e’tiboridan, ehtiromidan va g‘amxo‘rligidan yanada ruhlanib, chin dildan mehnat qilmoq – barchamiz uchun vijdon amri, eng oliy saodatdir.  

Feruza SOLIEVA,  

Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim  

boshqarmasi boshlig‘i, Xalq deputatlari  

Jizzax shahar Kengashi deputati  

O‘zA