English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatiga e’tibor qaratish asosiy vazifalardan biridir
20:32 / 2024-10-06

Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturi targ‘iboti, kelgusidagi faoliyat va amalga oshirilajak ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi “ijtimoiy davlat” ekani qat’iy mustahkamlandi. Bu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlar ko‘p jihatdan Xalq demokratik partiyasining dasturi hamda maqsad va vazifalariga har tomonlama mos keladi. Jumladan, kam ta’minlangan, nogironligi bor fuqarolar, qarovchisiz qolgan yakka-yolg‘iz qariyalar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalarining qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga erishish partiya ilgari surgan g‘oyalarga hamohang va uyg‘undir.

Partiya har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoiti yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha samarali siyosat yuritish g‘oyalarini targ‘ib qiladi.

Uchrashuvda aralash saylov tizimi haqida ham atroflicha ma’lumot berilib, saylovchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri