French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifati va investitsiya – kelajak uchun mustahkam poydevor
13:41 / 2026-02-03

Ta’lim sifati mamlakatning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyotida eng asosiy omillardan biridir. Sifatli ta’lim nafaqat shaxsning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va madaniy salohiyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Shu bois, ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va xalqaro standartlarga muvofiqlik ta’lim sifati darajasini belgilaydi va yosh avlodni muvaffaqiyatli kelajakka tayyorlaydi.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonliklar ta’lim xizmatlari uchun o‘tgan 2025 yilda 39 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 10,4 foizga oshgan.

Mazkur sarf-xarajat hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1,2 trln. so‘m

Andijon viloyati – 1,9 trln. so‘m

Buxoro viloyati – 1,9 trln. so‘m

Jizzax viloyati – 604,2 mlrd. so‘m

Qashqadaryo viloyati – 1,7 trln. so‘m

Navoiy viloyati – 501,4 mlrd. so‘m

Namangan viloyati – 2,4 trln. so‘m

Samarqand viloyati – 3,1 trln. so‘m

Surxondaryo viloyati – 1,3 trln. so‘m

Sirdaryo viloyati – 390,3 mlrd so‘m

Toshkent viloyati – 2,2 trln. so‘m

Farg‘ona viloyati – 2,4 trln. so‘m

Xorazm viloyati – 1,3 trln. so‘m

Toshkent shahri – 18,8 trln. so‘m

O‘zbekistonda ta’limga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borayotgani mamlakat rahbarining yoshlar va ilm-fan salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor siyosatidan dalolatdir. Bu mablag‘lar nafaqat ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, balki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro standartlarga muvofiq ta’limni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu tariqa, har bir sarflangan mablag‘ yosh avlodni muvaffaqiyatli va barqaror kelajakka tayyorlash, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim omilga aylanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA