Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim olish uchun O‘zbekistonni tanladik (+video)
12:27 / 2025-10-21

Til bu nafaqat odamlar o‘zaro muloqot qilishi uchun vosita, balki madaniyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Tarixiy faktlarga asosan, til bir millatning xususiyatlaridan tashqari, o‘sha xalq qudratining ko‘rsatkichi ham hisoblanadi.

Jumladan, Rim imperiyasining – lotin tili, oradan ming yillar o‘tganiga qaramay hanuz kimyo, biologiya, farmatsevtika, huquqshunoslik va boshqa ko‘plab fan tarmoqlarida asosiy terminlar sifatida uchraydi. Hozirgi kunga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1,5 milliarddan ortiq aholi ingliz tilida muloqot qiladi. Buning sababi tarixda dastlab Buyuk Britaniya keyinchalik AQSH kabi rivojlangan davlatlarning davlat tili bo‘lganligidir.  

Tabiiyki, qancha ko‘p xorijiy fuqarolar sizning davlat tilingizda gapirsa, shuncha sizning tilingiz, davlatingiz xalqaro maydondagi o‘rni shunchalik katta bo‘ladi.

21 - oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun arafasida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassalarida ta’lim olayotgan talabalar bilan ta’lim jarayonlari, o‘zbekona madaniyat, ularga yordam berayotgan ustoz va do‘stlari, kelajakdagi orzu-maqsadlari haqida suhbatlashishga ulgurdik, ularni o‘zbek tilida ravon gapirishga harakat qilishlari esa dilimizga o‘zgacha bir faxr berdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PxPw6Ji5cQI?si=lVpTl6EeY9QuGe8t" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA