Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim muassasalarining qurilishi va ta’mirlanishi respublikadan yana mahalliy byudjetlarga o‘tkazilmoqda
11:37 / 2025-12-03

2026 yildan boshlab ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, maktab, bog‘cha kabi ob’ektlarning qurilish, ta’mirlash, loyihalashtirish ishlari respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga o‘tkazilmoqda.

2026 yilgi Davlat byudjeti loyihasi muhokamalarida deputat Dilnoza Azizova ushbu tartibning joriy etilishi qay darajada samara beradi, shaffoflik, ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilishi bo‘yicha savolni o‘rtaga tashladi.  

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bunga javoban quyidagilarni ta’kidladi:  

— Ta’lim muassasalarining qurilish, ta’mirlash ishlari amalda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan markazlashgan holda tartibga solinayotgan edi. Endilikda ushbu masalalar mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi mahalliy byudjetlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Qurilishda sifat, hokimiyatlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish jarayonlari, loyiha va pudrat tashkilotlarini aniqlash to‘liq raqamlashtiriladi. “Shaffof qurilish” platformasi orqali inson omilisiz amalga oshiriladi va ochiqlik, shaffoflik ta’minlanadi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA