Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim muassasalarida inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
20:19 / 2022-04-26

Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi shtat birliklari doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boradigan katta inspektor lavozimi joriy etiladi.

Mazkur qaror avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash, noxush holatlarni oldini olish va keskin kamaytirish imkonini beradi.

Qarorga ko‘ra, barcha ta’lim muassasalarida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” va “Yashil chiroq” musobaqalarini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.

Katta inspektor maktablarda, o‘rta maxsus ta’lim dargohlarida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va turli musobaqalarni tashkil etadi, tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi. Maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni o‘rganadi, monitoring qiladi va baholab boradi. Aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida hududiy xalq ta’lim boshqarmalariga ma’lumot kiritadi hamda ta’lim muassasalarida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib boradi.

Bir oy muddatda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boshqarmalarida oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boruvchi bir nafardan katta inspektor lavozimi joriy qilinadi.

O‘zA