Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim muassasalari yanada chiroy ochmoqda
11:12 / 2021-08-21

Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odati, an’anasi, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan turmush tarzi mavjud.

Umumxalq hashari ham o‘zbek xalqining o‘ziga xosligini ifodalovchi, insonlarni ahillikka undovchi mehnatsevarlikning yorqin ko‘rinishidir.  

 Bugun mamlakatimizning har bir hududi, mahalla va ko‘chalar, ta’lim muassasalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 19-umumta’lim maktabida ham erta tongdan o‘qituvchi va maktab xodimlarining ko‘tarinki kayfiyatini ko‘rib, ular bilan suhbatlashishga qaror qildik.  

 - Maktab - ulug‘ dargoh, u har bir jihati bilan o‘rnak bo‘lishga arzirli maskan. Shunday ekan, yangi o‘quv yiliga saranjom-sarishta, maktab hovlisi gullar bilan burkangan, ko‘rib o‘quvchilarning ko‘ngli ko‘tariladigan ilm dargohiga aylantirishga barchamiz mas’ulmiz. Shu sababdan ham bugun barcha o‘qituvchilar, hamkasblarimiz bilan erta tongdan yeng shimirib ishga kirishdik, - deydi maktab direktori Rayhona Kulunchakova.  

 Kimdur maktab hovlisidagi daraxtlarni oqlamoqda, yana kimdur yerni yumshatyapti.  

 - Shu maktab atrofida turamiz. Farzandlarimiz shu yerda ilm o‘rganishadi. Shuning uchun ham mahalladagi ayollar yig‘ilib, hasharga chiqdik. O‘zimiz bilan turli xil gullardan olib keldik. Biz ekkan gullar chiroy ochib, maktabga fayz bag‘ishlasa biz bundan juda xursandmiz, - deydi Dilorom aya.  

 Hashar yurtimiz bo‘ylab  davom etmoqda.  

 Fayzullo Yahyoyev, O‘zA