FOTOREPORTAJ
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yig‘ilishlari qizg‘in davom etmoqda.
YUNESKO bosh direktori Odri Azule ta’kidlaganidek, Samarqandda ta’lim, madaniyat va ma’naviyat sohasidagi dolzarb masalalar muhokamaga tashlanmoqda. 194 davlat vakillari ishtirokida o‘tayotgan YUNESKO tadbirida minbarga chiqayotgan har bir vakil o‘z davlatining ayni sohalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rtaga tashlab, istiqbol uchun zarur taklif va fikrlarini bildirmoqda.
[gallery-26080]
Qadimdan ilm-ma’rifat, madaniyat, ma’naviyat yuksak qadr topgan Samarqandda muhokama qilinayotgan masalalar o‘zining ijobiy yechimini topib, kelgusida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilishi kutilayotganligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA