Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim krediti olish uchun talim-krediti.uz onlayn platformasi ishga tushirildi
16:30 / 2022-09-12

Mazkur platforma orqali ta’lim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi. Endilikda platforma orqali barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar ta’lim krediti olish uchun arizalarini onlayn yo‘llashlari mumkin.

Eng muhimi, bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Hamkorbank, Ipotekabank, Mikrokreditbank, O‘zmilliybank, Oriyent finans bank, Qishloqqurilishbank, O‘zsanoatqurilishbank, Turonbank, Xalq banklarida ajratiladi.

O‘zA