Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim islohoti — taqdirimiz mezoni (+video)
09:43 / 2024-05-06

Yillar davomida rivojlangan davlatlar ro‘yxatida eng yuqori o‘rinlarda turuvchi mamlakatlar taraqiyoti zamirida, eng avvalo, ta’lim va unga nisbatan jamiyat va davlatning munosabati yotishi inkor etib bo‘lmas aksiomaga aylangan.

So‘zsiz, ta’lim haqida gap ketganda, avvalo, ko‘z o‘ngimizda o‘qituvchi-pedagog gavdalanadi. Ushbu shaxsning huquqiy maqomi, unga yaratib beriladigan shart-sharoitlarni hal qilmasdan turib, sifatli zamonaviy ta’lim haqida o‘ylash mumkin emas, aslida. Shu sababli ham yangilangan Konstitutsiyada davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi ta’kidlandi. Belgilangan konstitutsiyaviy normalarni hayotga to‘laqonli tadbiq etish maqsadida qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, keng muhokamalar asosida loyihasi tayyorlanayotgan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini keltirib o‘tish mumkin.   

Muxtasar qilib aytganda, ta’limga bo‘lgan e’tibor Bosh Qomusimizda alohida qayd etilishi va bu boradagi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lmali islohotlar kelajakda O‘zbekistonning ilm-fan sohasidagi muvaffaqiyat cho‘qqilarini egallashiga xizmat qiladi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9h6IRCKciuw" title="Taʼlim islohoti — taqdirimiz mezoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, M.Yusupov, A.Ahmedov(video), O‘zA