French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi
15:07 / 2025-09-29

Quyi Chirchiq tumanidagi “Beruniy” madaniyat saroyida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston tayanchi – siz, aziz ustozlar!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda hududdagi maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan fidoyi o‘qituvchilar, tarbiyachilar, professor-o‘qituvchilar, sohaga daxldor tashkilotlar vakillari va faxriy pedagoglar ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva barcha ustoz-murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ta’kidlanganidek, davlatimiz tomonidan so‘nggi yillar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yoshlarga sifatli ta’lim berish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, pedagoglarning mehnatiga berilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat o‘z natijasini bermoqda. 

Shuningdek, Prezidentimizning BMT bosh Assambleyasi 80-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati, sessiya doirasida o‘tkazilgan tadbirlar hamda xalqaro uchrashuvlardagi ishtirokining ahamiyati xususida fikr-mulohazalar aytildi. Bayram tadbiri doirasida ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan 85 nafar ilg‘or pedagog va soha xodimlari tashakkurnomalar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, 24 nafar o‘qituvchi va murabbiylarga “Ko‘hinur” hamda “Umid gulshani” sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar topshirildi. Bayram tantanasi davomida ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, musiqiy dasturlar, yosh ijodkorlar va san’atkorlarning chiqishlari ishtirokchilarga  bayramona kayfiyat ulashdi. 

A.Musayev, O‘zA.