Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha indikatorlar tasdiqlandi
14:00 / 2025-12-02

Adliya vazirligi “Kasbiy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan 6 ta yo‘nalish doirasidagi 31 ta mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 163 ta indikator belgilab berilmoqda.

Unga ko‘ra, 8 ta (4.9%) majburiy indikatorlar (mas’ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o‘quv xonalari bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 155 ta (95.1%) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos (xorijiy) adabiyotlardan foydalanish, talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, sport zali (sport maydonchalar) mavjudligi va b.) mavjud bo‘lib, “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Bunda 50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”, 50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”, 60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.

Majburiy indikator “muvofiq emas” deb baholansa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon “muvofiq emas” deb topiladi.

O‘zA