Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talablar murakkab bo‘lgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan
12:31 / 2024-01-16

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda byudjet mablag‘larining sarflanishi samaradorligi ham tahlil qilindi.

Jumladan, sog‘liqni saqlashga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard so‘m 2 yildan beri ishlatilmasdan turibdi.  

Fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga 51 turdagi subsidiyalar uchun so‘nggi ikki yilda 5,4 trillion so‘m ajratildi, lekin talablar murakkab bo‘lgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan.  

Yana bir masala – qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartirish lozim.

–Iqtisod qilish – ish hajmini qisqartirish emas, loyihani to‘g‘ri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.  

Bu borada loyiha institutlari faoliyati, yondashuvlari va mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish kerakligi qayd etilib, Vazirlar Mahkamasiga yetakchi davlat loyiha tashkilotlarini takomillashtirish bo‘yicha qaror kiritish topshirildi.

 

O‘zA