Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabgorlar test topshirdi
10:17 / 2025-08-20

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha talabgorlar test sinovlarini topshirdi.

Viloyatda test sinovlarida ishtirok etish uchun 1353 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan. Jarayonlarni adolatli va shaffof o‘tkazish uchun Bilimni baholash agentligi xodimlari va agentlik bilan shartnoma imzolagan guruh nazoratchilari xizmat olib bordi.

[gallery-24840]

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon test2025.uz orqali jonli efirga uzatib borildi.

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘tish ballari e’lon qilingan bo‘lib, ushbu talabni bajarganlar o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinadi.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA