FOTOREPORTAJ
Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyat bo‘limi binosida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, Prezident maktabida o‘qish istagida viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablarining 2647 nafar 4-sinf bitiruvchisidan arizalar kelib tushgan.
[gallery-12969]
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bugungi imtihonda matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha hamda ingliz tili fanidan grammatika va matn bilan ishlashga oid topshiriqlarni bajardi. Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari jarayonni bevosita nazorat qilib bordi. Shuningdek, Prezident maktabiga 2023/2024 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarini natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA