Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabgorlar ikkinchi bosqich imtihonlarini topshirdi (+video)
16:58 / 2025-07-28

Termiz shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosida Prezident maktablari uchun imtihonlarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil Prezident maktabiga kirish uchun imtihonlarga viloyat bo‘yicha birinchi bosqichda umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 4 ming 439 talabgor qatnashgan bo‘lsa, ularning 480 nafari hal qiluvchi navbatdagi bosqichda bilimini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Nomzodlar 16 guruhga bo‘lingan holda, belgilangan vaqt mobaynida test topshiriqlarini bajardi.

[gallery-24497]

Ikkinchi bosqich imtihoni test shaklida bo‘lib, matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriq uchun 90 daqiqa, ingliz tili fanidan grammatika va matn bilan ishlash bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa vaqt berildi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida “Cambridge” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi. 

Imtihon natijalariga ko‘ra, har bir Prezident maktabiga 24 nafardan, respublika bo‘ylab 14 ta Prezident maktabiga 336 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BwM-XiXq-NI" title="Talabgorlar ikkinchi bosqich imtihonlarini topshirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA