Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabaning murojaati nazoratga olindi
18:07 / 2020-08-24

Suhbat davomida I.Poʻlatov parlament yuqori palatasi tomonidan uning murojaatiga eʼtibor qaratilayotgani va ijobiy hal etilayotganiga minnatdorlik bildirdi.


Yaqinda Jizzax davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talaba Islombek Poʻlatov ijtimoiy tarmoqlar orqali oliy taʼlim tizimidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator idoralar, shu jumladan, Oliy Majlis Senatiga videomurojaat yoʻllagan edi.

Kuni kecha Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O.Iminov Jizzax davlat pedagogika institutiga borib, talabaning taʼlim olishi jarayoni, qolaversa, oʻqituvchilarining u haqidagi fikrlari bilan tanishdi.

Taʼkidlash joizki, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan I.Poʻlatov 2017-2018 oʻquv yilida Jizzax davlat pedagogika institutiga toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi roʻyxatida turadi.

Bundan tashqari, qoʻmita aʼzosi X.Fozilov talabaning yashash joyiga borib, u bilan suhbatlashdi. Muammolarini oʻrgandi hamda oliy taʼlim tizimi faoliyatini yana-da takomillashtirish borasidagi fikrlarini eshitdi.

Suhbat davomida I.Poʻlatov parlament yuqori palatasi tomonidan uning murojaatiga eʼtibor qaratilayotgani va ijobiy hal etilayotganiga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan talaba I.Poʻlatovning muammolarini ijobiy hal etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga koʻrsatma berildi va nazoratga olindi.