Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalikka bagʻishlov
11:28 / 2019-10-05

Prezidentimiz tomonidan oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari belgilab berilgan.


Prezidentimiz tomonidan oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari belgilab berilgan. Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan ham xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayoniga eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, taʼlim dasturlari va oʻquv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el oʻqituvchilari va olimlarini jalb etish belgilangan.

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

Bunday zamonaviy imkoniyatlar malakali kadrlar tayyorlash, stomatologiya sohasida jahon tibbiyotining ilgʻor amaliyotlarini keng joriy etish, xalqimizga koʻrsatilayotgan stomatologik xizmatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam boʻlmoqda.

– Institut talabalari orasida turli nufuzli stipendiya sovrindorlari bor. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasii orqali qator mutaxassislarimiz chet elga magistratura, doktorantura va stajirovkalarga yuborilmoqda, – dedi Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev. – Joriy yilda yangi 4 ta qoʻshma fakultet ochildi.

Maʼlumot uchun, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tuzilgan reytingda Toshkent davlat stomatologiya instituti yurtimiz oliy oʻquv yurtlari orasida yettinchi oʻrinni egallagan edi.

Institutda joriy oʻquv yilidan boshlab yetakchi horijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tibbiyotning turli yoʻnalishlari boʻyicha halqaro fakultetlar ham tashkil etildi. Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida mazkur fakultetlarning rasmiy ochilish marosimi hamda birinchi kursga qabul qilingan talabalarning “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri oʻtkazildi.

Talaba-yoshlar yaratilgan sharoitlardan keng foydalanib, tinmay mehnat qilishga, ustozlar berayotgan bilimlarni qunt bilan oʻrganish va kelajakda yetuk mutaxassis boʻlish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga vaʼda berdilar.