Kuzgi-qishki mavsumda poytaxtimizga yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan talaba-yoshlarning turar-joy sharoitlari bilan tanishish har bir oliy o‘quv dargohining mutasaddilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Bu esa yoshlarning bilimlarni o‘zlashtirishida, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini tobora kuchaytirishda, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘z vaqtida va tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Solihov mas’ul xodimlar bilan birgalikda institut talabalari yashaydigan ijara xonadonlaridagi mavjud holatni batafsil o‘rgandi.
Tashrif davomida rektor talabalarning yashash sharoitini atroflicha tahlil qilib, ular bilan samimiy va ochiq muloqot qildi.

Muloqot davomida talabalarning taklif va muammolari tinglanib, ijarada yashovchi talabalar uchun institut tomonidan beriladigan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
N.Usmonova, O‘zA