English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarning toʻlov-kontraktini “Mahalla” toʻladi
17:31 / 2020-06-26

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan oylik doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat boʻlimi tomonidan xayrli ishga qoʻl urildi.


30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan oylik doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat boʻlimi tomonidan xayrli ishga qoʻl urildi.

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Samarqand shahridagi “SOS – bolalar mahallasi” tarbiyalanuvchilari hamda nogironligi boʻlgan samarqandlik 12 nafar talabalarning toʻlov-kontrakt pullarini fond toʻlab berdi.

Viloyat Yoshlar markazida oʻtkazilgan tadbirda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat boʻlimi rahbari Akbar Axtamov talaba-yoshlarni yoshlar kuni bilan tabriklab, ularning oʻqishlariga muvaffaqiyat tiladi va toʻlov-kontrakt pullarini toʻlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni topshirdi.

– Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 4-bosqich talabasiman, - deydi nurobodlik Zilola Haydarova. – Taqdirimdan nolimayman, tugʻma nogironligim boʻlsada, tengdoshlarim bilan birga oliy taʼlim muassasasida oʻqiyapman. Doimiy ravishda hukumatimizning eʼtibordaman. Bu menga yana-da shijoat bagʻishlaydi. Qoʻlimda hunarim bor. Hunarmandchilik bilan shugʻullanib, hayotda oʻz oʻrnimni topishga intilayapman. Yana bir yildan soʻng, oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlaman. Oʻz sohamning yetuk mutaxassisi boʻlib, ayni paytda yurtimizda juda koʻp muammolar yuzaga kelayotgan arxitektura sohasining rivojiga oʻz hissamni qoʻshaman.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati boʻlimining maʼlumotiga koʻra, talabalarning 65 million soʻmlik toʻlov-kontrakt pullari fond tomonidan toʻlab berildi.