Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarning moliyaviy savodxonligi sinovdan o‘tkazildi
16:46 / 2025-06-04

FOTOREPORTAJ

Namangan davlat universitetida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi.  

Olimpiada yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, moliyaviy munosabatlarni to‘g‘ri boshqara olishga tayyorlash maqsadiga qaratilgan bo‘lib, unda viloyatning barcha oliy ta’lim muassasalaridan yuzlab talabalar ishtirok etdi.  

Ishtirokchilarning shaxsiy moliyani boshqarish, byudjet tuzish, investitsiyalar va kredit munosabatlari, shuningdek, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, talabalar amaliyotda moliyaviy vaziyatlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham namoyon etdi. Bu esa moliyaviy savodxonlikning faqat nazariy bilim emas, balki hayotda qo‘llaniladigan ko‘nikmalar yig‘indisi ekanini yana bir bor isbotladi.  

[gallery-23762]

Namangan davlat universitetining “Sarmoya yo‘lboshchilari” jamoasi birinchi, Namangan davlat texnika universitetining “Futures” jamoasi ikkinchi,  “University of Business and Science”ning “UBS Burgutlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, olimpiada nizomida ko‘rsatilgan 10 ta nominatsiya bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA