Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
18:04 / 2025-11-24

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

– to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

– to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 martgacha va 100 foizi 1 maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida bir yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

D.Do‘smatova, O‘zA