English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarning 106 ming 729 nafari ishga joylashtirilgan
14:14 / 2023-08-10

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari soni 2,5 barobarga ortib, 200 taga yetdi. Oliy ta’limda raqobatni qo‘llab-quvvatlash va xususiy sektorni jalb qilish orqali 24 ta xorijiy hamda 27 ta nodavlat oliygohlar tashkil etildi. Shu asosda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshirildi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning 110,1 mingga yaqini iqtisodiyotning rasmiy sektorida o‘qishdan tashqari ish bilan band. Ularning 66,3 ming nafari davlat sektorida, 44,5 ming nafari esa xususiy sektorda faoliyat yuritmoqda.  

Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tahsil olayotgan talabalarga ish topishlari uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida ta’lim muassasalarida “Kar’era markaz”lari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

Hozirgi kunda respublika bo‘yicha jami 103 ta oliy ta’lim muassasalarida “Karera markaz”lari tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 154,8 ming nafar talaba ushbu markazlarga murojaat qilgan. Shundan 110,5 ming nafari bakalavriat va 44,6 ming nafari magistr va boshqa yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarni tashkil etadi.  

Shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Milliy vakansiyalar bazasida (ish.mehnat.uz) “Talabalar uchun ish” alohida funksional joriy etildi. Bunda ish beruvchilar o‘zlarida talabalarga mos bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qilishi, ishlash istagini bildirgan talabalar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (rezyume) ushbu portalga joylashtirish imkoniyati mavjud.  

2023 yilda Oliy ta’lim muassasalarini bitirgan 157,5 ming nafar bitiruvchining bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilinmoqda. Xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi dasturlari” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.  

2023 yilning may oyi holatiga talabalarning ishlashga ehtiyoji bo‘lgan jami 106 ming 729 nafari ishga joylashtirilgan. Ularning 3525 nafarini chin yetim, nogiron hamda ijtimoiy himoya reyestrdagi daftarlarga kiritilgan talabalar tashkil etadi.  

Talabalarni ishga joylashtirishga ixtisoslashgan va barcha uchun qulay bo‘lgan, bandlikni ta’minlash bo‘yicha aniq tartiblar va huquqiy asoslarga ega, talabalar joylashishi mumkin bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi (yagona platforma) yo‘qligi ish bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.  

Shuningdek, ish beruvchilarda oliy ta’lim muassasalari talabalarini rasmiy ishga olish uchun imtiyoz va rag‘batlantirish mexanizmlarining mavjud emasligi natijasida ular tomonidan talabalardan muayyan mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega ekanligi to‘g‘risidagi hujjat va ish stajiga ega bo‘lganlik haqidagi hujjatni talab qilish hamda boshqa sun’iy tusiqlar bilan ishga qabul qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.  

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitalari hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyaning qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qilindi.  

 

O‘zA