Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2025-2026 o‘quv yilida, kunduzgi ta’lim shaklida jami 3741 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan:
546 nafar-talabalar turar joyida;
2281 nafar- ijara xonadonlarida;
704 nafar-o‘z uyida;
210 nafar-yaqin qarindoshinikida yashab kelmoqda.
Talabalarning yashash joylaridan kelib chiqib, ularning ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy hayotini yaxshilash, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, xavfsiz yashash muhitini yaratish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Talabalar turar joylarida yashovchi 546 nafar talabaning qulay sharoitlarda yashashini ta’minlash maqsadida mavjud 1-2 TTJ binolarida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari muntazam amalga oshirildi. Har bir qavatda o‘quv va dam olish xonalari, gigiyena uchun zarur bo‘lgan sanitariya-gigiyena xonalarini yangilash, yoritish tizimini yaxshilash, internet tarmog‘ini kengaytirish ishlari bajarildi. Talabalar uchun zaruriy maishiy qulayliklar, oshxona jihozlari bilan ta’minlash, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tungi navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yotoqxonada yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari, “Kitobxonlik kechalari” faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, yotoqxona tarbiyachilari va tyutorlar bilan hamkorlikda har bir qavatda tartib va intizomni ta’minlash, tozalik va gigiyenaga e’tibor kuchaytirildi.
Eng katta toifadagi 2281 nafar ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan alohida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Universitet ma’muriyati, mahalliy hokimlik va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida ijarada yashovchi talabalar manzillari bo‘yicha monitoring olib boriladi. Ijaraga olingan xonadonlarning sanitariya holati, xavfsizlik choralari, yoritish va isitish tizimi, huquqiy asoslari doimiy Universitet rahbariyati tomonidan nazorat qilinadi.
O‘z uyida yashovchi 704 nafar talaba o‘qish bilan bir qatorda oilaviy mas’uliyatni ham bajarishi bois, ular uchun o‘qish jarayonida qulay sharoitlar yaratish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va mustaqil ta’lim olish madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratildi. Yaqin qarindoshlarinikida yashayotgan 210 nafar talaba uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ularning yashash joylarida o‘qishga qulay muhitni saqlash, oilaviy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, talabaning mustaqil fikrlash va o‘z vaqtini samarali taqsimlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha psixologik maslahatlar va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilmoqda. Universitet rahbariyati tomonidan olib borilayotgan bu tizimli ishlar talabalarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ularning bilim olish jarayonini yengillashtirish, yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning jamiyatda faol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/drMJFsBKjJg" title="Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi doimiy nazoratda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA