Toshkent davlat agrar universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari, Qibray tumani sektorlari rahbarlari hamda tuman mahallalaridagi jami 500 nafardan ortiq talaba-yosh qatnashdi.
Hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Qibray tumanidagi 10 ta mahalla hamda 10 ta umumta’lim maktabi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida yaqindan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, 4 ta mahallaning yoshlar yetakchilari bilan universitet Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamkorligida osh chempionati, mahallardagi xotin-qizlar bilan hamkorlikda “Ibratli xonadon bekasi” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
[gallery-15192]
Uchrashuvda Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Hokim tomonidan faol yoshlarga hamda universitet jamoasiga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi tomonidan tumanda “Hokim stipendiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha berilgan taklif qo‘llab-quvvatlandi. Unga ko‘ra, tashabbuskor va faol yoshlar rag‘batlantiriladi.
A. Musayev, D. Ernazarov, O‘zA muxbirlari