Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarga berilayotgan keng imkoniyatlar
11:43 / 2022-05-19

IT va iqtisodiyot. Bugun axborot texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q.

Har qanday tashkilotning rivojlanishi va faoliyatini takomillashtirishga yordam beradigan turli xil avtomatlashtirilgan tizimlar va ish uslublari mavjud.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 4 mart kuni o‘tkazilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash vazifasi topshirilgan edi. 

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash hamda soha rivoji uchun yosh kadrlar salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida “O‘zmilliybank” AJ mutasaddi xodimlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘ldi. 3-4 kurs talabalari bilan uchrashib, dastlab bank faoliyati qisqacha tushuntirildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib SAP va SRM dasturlari xorijiy konsultantlar yordamida “O‘zmilliybank” AJ tizimiga tatbiq etilayotgani va ushbu loyihalarga iqtisodiy va IT yo‘nalishlari bitiruvchilari tanlov asosida qabul qilinayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.  

[gallery-7166]

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mazkur dasturlar ko‘plab kichik kompaniyalar yoki yirik korporatsiyalar tomonidan keng foydalanilayotgan muhim dasturiy ta’minot hisoblanadi. SAP va CRM dasturlari tashkilot ichidagi ma’muriy jarayonlarni tashkil etishda qo‘llanilib, boshqariladigan va optimallashtirilgan tizimdir. Mutaxassislarning fikricha, uni o‘rnatish oson va jarayonlar tez amalga oshiriladi. 
Uchrashuvda mazkur dasturlar konsultanti, rossiyalik Vladimir Sonning loyiha yuzasidan o‘tkazgan taqdimoti talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Bo‘lajak kadrlar taqdimotda kerakli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Filiallar kadrlarini tanlash va ularni adaptatsiya qilish sho‘’basi mudiri Oybek Djurayev. – Xorijiy mutaxassislar tomonidan joriy qilinayotgan SAP va CRM dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash dasturiga tanlov asosida 3 oy muddatga 3-4 bosqich talabalarini ish haqi to‘lanadigan amaliyotga taklif etdik.

Tadbir so‘ngida amaliyot o‘tash istagini bildirgan talabalardan ma’lumotnomalar olindi.

Mohigul Qosimova, O‘zA