English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar zamonaviy yotoqxonaga ega bo‘ldi (+video)
17:26 / 2024-09-24

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zining yuqori standartlari va muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi.

Har yili ko‘plab yoshlarni o‘z bag‘riga olayotgan oliygoh, yuzlab bitiruvchilarni professional va raqobatbardosh muhandis kadrlar sifatida yirik ishlab chiqarish korxonalariga yo‘llamoqda. 2024-2025 o‘quv yili qabulida 3 ming nafar yoshlar o‘qishga qabul qilinib, talabalar soni jami 11 ming nafarga yetdi. O‘quv yili avvalidan universitet hududida 3 ta, talabalar turar joyida 1 ta ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyati tashkil etilib, markazlarga tajribali volontyorlar biriktirildi. 

[gallery-19408]

– Bizning Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida ham yangi o‘quv yili arafasida ko‘tarinki kayfiyatda tadbirlar tashkil etildi, – deydi universitet talabalarni turar-joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Ro‘ziyev. – Albatta, bu tadbirlarni tashkil qilishdan oldin talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ijara xonadonlari va talabalar turar joylariga joylashtirish masalalarini ko‘rib chiqdik. Bu borada bizda talabalarni joylashtirish bo‘yicha markazlar tashkil etilgan. Markazlarda yotoqxonalar bo‘yicha tushgan arizalar ko‘rib chiqildi va talabalar yotoqxona hamda ijara xonadonlariga joylashtirildi. Bugungi kunda universitet tarkibida 700 o‘rinli talabalar turar joyi hamda 400 o‘rinli davlat xususiy sheriklik asosidagi yangi yotoqxona mavjud.

Universitetimizda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va tyuterlarimiz tomonidan ijara bazasi shakllantirilib, universitetimiz rasmiy kanaliga joylashtirilib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarga osongina ijara xonalarini topishga ko‘maklashishdir. Bugungi kunda universitet rahbariyati tomonidan talabalar turar joyi va ijara yotoqxonalaridagi sharoitlar muntazam o‘rganilmoqda. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/VgqK_bKiIpk?si=O5ubkqqHgA_adVoj" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ayni paytda universitet hamda barcha fakultetlar rahbariyati talabalarning yashash shart-sharoitlari bilan tanishish va ularning talab hamda istaklarini inobatga olgan holda yoshlar bilan uchrashmoqda. 

– Biz talabalar uchun universitetda yangi yotoqxona ochildi, – deydi 2-bosqich talabasi Sirojiddin Sayfiddinov. – Onlayn ariza topshirib, ushbu yotoqxonaga joylashdim. Bu yerda sharoitlar juda yaxshi. Yotoqxonamiz o‘qish joyimizga ham yaqin. O‘tgan yili uzoqroqda joylashgan talabalar turar joyida yashardim. Darsga qatnashga biroz noqulaylik tug‘dirardi. Bu yotoqxona nafaqat yaqinligi, balki ichidagi qulayliklari bilan ham ajralib turadi. 

Albatta, boshqa hududdan kelib o‘qiyotgan va o‘qish joyida o‘zining yoki ota-onasining uyi bo‘lmagan talabalar mavjud yotoqxonalarga joylashtirilmoqda. Birinchi navbatda chin yetim talabalar, “Bolalar uylari” tarbiyalanuvchilari, nogironligi bo‘lgan talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turli ijtimoiy daftarga kiritilgan oila farzandlari, 2 yoki undan ko‘p bolasi kontraktda o‘qiyotgan oila farzandlari, chet-ellik talabalar, 1-2 kurs talabalari, talaba qizlar, Yoshlar ittifoqining faollari, xalqaro miqyosdagi fan olimpiadasi g‘oliblari hamda yotoqxonada talabalar kengashi raisi, qavat sardori va boshqa jihatlari bilan doimiy faollik ko‘rsatgan talabalarni joylashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat, video), O‘zA muxbirlari