English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar xayriya aksiyasida faol ishtirok etdi
11:14 / 2025-11-25

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Toza shahar” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari tomonidan ijtimoiy hamjihatlik va mehr-oqibat an’analarini yanada mustahkamlash maqsadida xayriya tadbiri tashkil etildi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida talaba-yoshlar mahallalarda yashovchi yolg‘iz keksalarning holidan xabar olib, ularning uylari va uning atrofidagi ishlarni bajarishga ko‘maklashdi.

Tadbir davomida talabalar uy atrofini tartibga keltirish, tozalash, chiqindilarni olib tashlash kabi ishlarni bajarib, keksalar bilan suhbatlashdi va ularning duo-fotihalarini oldi.

Ushbu aksiya keksalar uchun qulaylik yaratibgina qolmay, talabalarda mehr-oqibat, mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytirib, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bunday tadbirlar kelgusida ham davom etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri