Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar va oʻquvchilar uchun “Teledars” loyihasi
19:24 / 2020-03-30

Xususan, har hafta dushanba-juma kunlari soat 10:30 dan 12:00 gacha “ Mening yurtim” telekanalida ingliz tili va psixologiya yoʻnalishida teledarslar berib borilmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi joriy yil 20-martdan boshlab “UzReport TV” telekanali bilan hamkorlikda akademik litsey va umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinf oʻquvchilari uchun “Teledars” loyihasini yoʻlga qoʻygan edi.

“Teledars” dasturi dam olish kunlaridan tashqari har kuni soat 9:25, 10:25, 11:25da “UzReport TV” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilib, unda matematika, ingliz tili, fizika, informatika, rus tili, geografiya, oila psixologiyasi kabi fanlar onlayn oʻqitilmoqda.

Shuningdek, joriy yil 23-martdan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Mening yurtim” telekanali hamkorligida talabalar uchun televizion darslar efirga uzatib kelinmoqda. Xususan, har hafta dushanba-juma kunlari soat 10:30 dan 12:00 gacha “ Mening yurtim” telekanalida ingliz tili va psixologiya yoʻnalishida teledarslar berib borilmoqda.