Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun turar joy masalasi qanday hal etiladi?
13:58 / 2019-08-31

Yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Shu kunlarda talabalar uchun yotoqxona masalasini hal etish dolzarb boʻlib turibdi.


Yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Shu kunlarda talabalar uchun yotoqxona masalasini hal etish dolzarb boʻlib turibdi.

Toshkent moliya institutida Oliy oʻquv yurtlari murabbiylar kengashi raislari ishtirokida talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish jarayonini oʻz vaqtida va sifatli hal qilish masalasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbarining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrifi chogʻida oliy taʼlim muassasalarida mavjud muammolar qatorida talabalar turar joylarida va ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan ishlar tizimli yoʻlga qoʻyilmagani va bu borada muammolar koʻp ekani tanqid qilingan edi.

Toshkent shahri hududida joylashgan koʻp sonli talabalar turar joylarida oʻrinlarning yetishmovchiligi sababli ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar muammolarga uchramoqda. Bundan tashqari, ular bilan ishlash tizimi hamon oqsoqlanmoqda.

Bu borada talabalar quyidagi kabi muammolarga duch kelmoqda:

– Ijara xonadonini topish;

– Ijara xonadoni narxlarining yuqoriligi;

– Ijara xonadonining OTMlardan uzoq manzilda joylashganligi;

– Ijara xonadoni egasining nomaʼlumligi;

– Ijara xonadonida yashayotgan talabalarni MFY tomonidan roʻyxatiga kiritish;

– Ijara xonadonida talaba kim bilan istiqomat qilishi;

– Ijara xonadonida talaba kunni va tunni qanday oʻtkazishi kabi mavhumlik va muammolar bu sohada hali koʻp ishlar qilish kerakligini koʻrsatmoqda.

– Bu kabi muammolarning maʼlum qismini OTMlarda faoliyat yuritayotgan murabbiylarning faoliyatiga jiddiy yondashishi orqali hal etish mumkin, – dedi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi O.Bozorov. – Bunga erishish uchun ularni doimiy ragʻbatlantirib borish muhim. Buning uchun esa har bir guruh murabbiyiga oylik maoshining 25 foizigacha miqdorda ustama haq toʻlanishini taʼminlash zarur deb oʻylaymiz.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, oliy taʼlim muassasalari har oʻquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni moliyalashtirish maqsadida taʼlim muassasasi xarajatlari smetasining kamida 5 foizini yuqorida nazarda tutilgan xarajatlar uchun ajratishi belgilab qoʻyilgan. Ammo koʻpgina OTMlarda murabbiylarga haq toʻlash tizimida hali-hanuz noaniqliklar, muammolar mavjud.

Tadbirda moddiy taʼminot qiyin masala. Ammo muammolarni hal etishda busiz iloji yoʻqligi ham qayd etildi.