Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun to‘lov va qabul muddatlari uzaytirildi
17:36 / 2025-12-30

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish hamda talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 2026 yil 31 yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Qayd etilishicha, qabul parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirishi lozim.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar ham ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirishlari talab etiladi.

Hamroz Bayanov, O‘zA