Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun nazorat ishlari qay tartibda amalga oshiriladi?
19:13 / 2023-01-17

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.  

Bunda barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishgi ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temir yo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi. Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin.  

O‘zA