English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi
16:03 / 2025-11-28

Vestminster universitetida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hamkorligida talaba-yoshlar uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning badiiy sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning tasavvur dunyosini oshirish maqsadida tashkil etilgan mahorat darslarida portret va "Abru Bahor" san’ati bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida talabalar zamonaviy liboslar eskizlarini yaratish, rang va shakl uyg‘unligi, kompozitsiya bilan ishlash kabi asosiy dizayn elementlari bilan tanishdi.

Dars jarayoni jonli va ijodiy ruhda o‘tib, talabalar o‘z g‘oyalarini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mahorat darsi talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA