Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
13:52 / 2025-11-28

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda talaba-yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Talaba-yoshlar mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga sharoit yaratish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatishi maqsadida tashkil etilgan tadbirda poytaxtimizdagi OTMlar talabalari va bitiruvchilari ishtirok etib, o‘zlariga mos ish o‘rinlarini izlash, ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir doirasida 100 ga yaqin yirik ish beruvchi tashkilotlar vakillari, poytaxt OTMlari rahbariyati ishtirok etib, yoshlar bandligini ta’minlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Jumladan, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Razzaqov poytaxt hokimligi huzurida ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan call-markaz ishlari bilan tanishtirdi. Shuningdek,“Career Centre” loyihasi asoschisi Mirziyod Majidiy ish beruvchilar va ish izlovchilarni bog‘lovchi platforma imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA