FOTOREPORTAJ
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari, Respublika aerogeodeziya markazi viloyat hududlararo bo‘linmasi tomonidan “22 aprel – Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Geodeziya, kartografiya hamda kadastr yo‘nalishi talabalari uchun tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari talabalarni zamonaviy Geodezik asbob uskunalari bilan tanishtirib, ochiq dars ko‘rinishida amaliy seminarlar o‘tkazdi. Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mas’ullarga murojaat qildi, taklif va mulohazalarini bildirdi.
[gallery-22952]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA