Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turistik ob’ektlarda amaliyot o‘tamoqda
19:36 / 2023-05-25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 26 aprelda qabul qilingan “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kelajakda turizm sohasi mutaxassisi bo‘lib yetishib chiqadigan talabalar hududlarda ilmiy amaliyot o‘tamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Toshkent davlat transport universiteti talaba va o‘qituvchilari Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida ilmiy-ekspeditsiya amaliyotini o‘tamoqda. Talabalar Shahrisabzdagi me’moriy ob’ektlarga tashrif buyurdi.  Xususan, ular uchun Temuriylar sulolasi vakillari dafn qilingan joy va Ko‘k Gumbaz masjidiga maxsus ekskursiya tashkil etildi.  Bundan tashqari, ular Amir Temur nomidagi Moddiy madaniyat tarixi muzeyi va Maqom muzeyi eksponatlari bilan tanishdi.    

Amaliyot doirasida talabalar hududlarning turistik salohiyatini rivojlantirish va uni targ‘ib qilish uchun kontent va videoroliklar yaratish ustida ish olib boradi. Bu materiallardan chet ellik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishini oshirish uchun foydalaniladi.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, 
O‘zA.