Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turarjoylariga kimlar birinchi navbatda joylashtiriladi?
20:23 / 2024-08-08

Shu kunning mavzusi

Oliy ta’lim muassasalarida yangi – 2024/2025 o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turarjoy bilan tezkor ta’minlash bo‘yicha yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida joriy yilning 1 avgustidan 10 sentyabrigacha bo‘lgan muddat “dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilangan.

Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Markazga tajribali volontyorlar jalb etilgan. Ular talabalarga talabalar turar joyiga joylashish uchun axborot tizimiga onlayn ariza berish, ijara manzillari bo‘yicha ma’lumotlar olish masalalarida ko‘maklashmoqda. 

–Mazkur o‘quv yilida institutimizda jami 6530 nafar talaba ( kunduzgi) tahsil oladi, –deydi institut rektori Bahodir Mamurov. –Institutda 1 ta 460 o‘rinli talabalar turarjoyi mavjud. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda Neft va gaz sanoati va Pedagogika kollejlari yotoqxonalariga, 2703 nafar talaba esa ijara xonadonlarga joylashtiriladi. 

[gallery-18646]

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1 avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz  portali orqali yuborishi mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turarjoylarga qabul qilinadi. Ya’ni “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar ustuvorlik asosida talabalar turarjoylariga qabul qilinadi. Shuningdek, bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari, xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, talabalar turarjoyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar ham ustuvorlik asosida talabalar turarjoylaridan joy olishi mumkin. 

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida 1-kurs talabalari uchun 55 – 65 foiz, 2-kurs talabalari uchun 15 – 20 foiz, 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 – 25 foizgacha joylar taqsimlanadi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari