Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turar joylari qurilishi nazoratda
15:04 / 2023-03-31

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalar turar joylarining qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Ayni paytda institutda talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ularni yotoqxonalar bilan qamrab olish ishlarini yaxshilash maqsadida 5 o‘rinda, umumiy 1550 o‘rinlik talabalar turar joylarining qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.  

Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 23 milliard 704 million so‘m ajratilib, yangidan 500 o‘rinlik yotoqxona qurilmoqda. Shu bilan birga, institut bosh binosi yonidagi 100 o‘rinlik hamda Ellikqal’a pedagogika fakultetining 150 o‘rinlik talabalar turar joylari ta’mirlanmoqda.  

Shuningdek, institut kampusidan davlat-xususiy sheriklik asosida 23 milliard 200 million so‘mga 400 o‘rinlik yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan.  

Vazir o‘rinbosari ushbu ob’ektlarda bo‘lib, qurilish korxonalari rahbarlari hamda tegishli mas’ullar bilan suhbatlashdi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, talabalarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish, qurilishni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.  

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri