Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turar joylari qanday usulda quriladi?
12:47 / 2022-06-07

ONLAYN

Avval xabar berilganidek, Qonunchilik palatasi majlisida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovning «Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni turar joylar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi axboroti eshitilmoqda.

Eshituv davomida deputatlar oilaviy talabalar ham borligi, kelgusida ular uchun ham oilaviy yotoqxonalar quriladimi-yo‘qmi, degan savolni o‘rtaga tashladi. Unga javoban vazir quyidagilarni ta’kidladi:

— Hamma oila ham ijarada yashay olmaydi. Hozir talabalar turar joylarini ikki usulda qurishga harakat qilinyapti. Oliy ta’lim muassasalariga 5 foiz professor o‘qituvchilar xorijdan bo‘lishi kerak, degan talabni qo‘yyapmiz. Chunki ular oliygoh muhitida bo‘lishsin, talabalar bilan birga besetgada o‘tirib, suhbat qilsin. 

Talabalar turar joylarining bir qismini mehmonxonaga, bir qismini oilaviy talabalar, doktorantlarga, bir qismini nogironlar uchun turar joyga aylantirish ko‘zda tutilgan. Viloyatlarga borganimda, oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarining mehmonxonasida turaman. Agar mehmonxonasi bo‘lmasa, yotoqxonadan bitta xona ajratib bering, deyman rektorlarga. Chunki men talabalar bilan birga suhbatlashib, ovqatlanishim kerak. Ular bilan qancha monitoring qilish mumkin. Nafaqat talaba sifatidagi muammolari, balki qishlog‘idagi muammolari haqida ham gaplashish imkoniyati bo‘ladi, – deydi vazir.

Muhtarama Komilova, O‘zA