Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi
11:14 / 2025-08-01

-

Bunda talabalar Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1 avgustdan boshlab yotoqxona bo‘yicha arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;

2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;

3- va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Hamroz Bayanov, O‘zA