Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turar-joyi foydalanishga topshirildi
10:45 / 2025-10-01

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari uchun qurilgan 400 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi.

Tadbirda co‘z olganlar O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan soha vakillarini tabriklab, mazkur bino bayramga munosib to‘yona bo‘lganini ta’kidladi. 

[gallery-25550]

Yotoqxonani qisqa muddatda sifatli qurib bitkazgan “Ibrohimxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasining mehnati e’tirof etildi. Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, mehmonlar talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.    

Besh qavatli 107 xonadan iborat inshoot davlat-xususiy sheriklik asosida qurildi. Loyihaga ko‘ra, binoning yerto‘la qismida ma’naviyat xonasi, kutubxona, tikuvchilik va fitnes xonalari tashkil etilgan. Yuqori qavatlar esa talabalar uchun qulay va xavfsiz xonadonlardan iborat. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ss1UrJQNKXQ?si=mdRI5pN2y_Ld3b7C" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA