Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
20:59 / 2024-09-17

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida yana bir yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov qatnashdi.  

Zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan bino 4 qavat, 750 o‘rinli 200 ga yaqin yashash xonalaridan iborat. Xonalar 3,5 milliard so‘mlik mebel jihozlari, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, televizorlar va barcha zaruriy ashyolar bilan jihozlandi.  

[gallery-19311]

Talabalar turar joyining yangidan qurib foydalanishga topshirilishi natijasida talabalar turar joylari soni 3 taga yetdi va jami 1300 o‘rin yaratildi.  

– Biz  yoshlar uchun shunday shinam, yorug‘, barcha qulayliklarga ega yotoqxona qurilganligidan mamnunmiz, – deydi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi Diyorbek Shodiyev. – Bu yerda bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar ham yaratilgan. Kutubxona, shaxmat stollari, kompyuter xonalari mavjud.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari.