English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar taklifi qo‘llab-quvvatlandi
20:36 / 2024-03-02

Namangan viloyati prokurori, viloyat ikkinchi sektori rahbari, adliya maslahatchisi Umirbek Madrahimov Prezidentimiz shu yil 23-fevralda yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘tgan haftada Namangan davlat universiteti talabalari bilan uchrashgandi.

Mazkur yuzma-yuz muloqotda talabalar viloyat prokuraturasining tarixi va o‘tmishi, prokuratura organlari faoliyati bilan yaqindan tanishish taklifini bildirgandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay inobatga olingan bu taklif amalga oshdi.  

Universitetning bir guruh talabalari Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida prokuratura hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar uzoq va yaqin o‘tmishdan hikoya qiluvchi mazkur ko‘rgazmada viloyat prokuraturasining o‘tgan asr boshlaridagi faoliyati, viloyatning birinchi prokurorlari, o‘sha davrdagi ish yuritish tizimi, rasmiy hujjatlar, yaqin o‘tmishga doir suratlar hamda eksponatlarni tomosha qilishdi.  

Bundan tashqari, talabalar viloyat prokuraturasi binosida ham bo‘lib, tizim faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Soha vakillari bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Bu kabi tadbirlar, o‘z navbatida, talabalarning huquq-tartibot sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, qonunlarga hurmat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri